
O‘ZBEKISTON — Mis boyitish fabrikasi №3 (MOF-3)
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (O‘ZBEKISTON, AGMK) — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lib, mis mahsulotlari hamda boshqa rangli metallarning ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Keng ko‘lamli rivojlanish dasturi doirasida yangi ishlab chiqarish obyekti — Mis boyitish fabrikasi №3 (MOF-3) qurildi.
MOF-3 — bu zamonaviy yuqori texnologiyali majmua bo‘lib, yiliga millionlab tonna mis rudalarini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Fabrikaning ishga tushirilishi AGMKning ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshiradi va O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi mis ishlab chiqaruvchilardan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Kompaniyamiz tomonidan bajarilgan ishlar:
- Elektrtexnika uskunalarini o‘rnatish va pusk-sozlash ishlari
- Kabel liniyalarini yotqizish va ulash
- Texnologik uskunalarni pusk-sozlash ishlari
- Tizimlarning kompleks sinovdan o‘tkazilishi va ish rejimlarini optimallashtirish
Loyihaga bizning hissamiz
- Obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minladik
- Zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni qo‘llagan holda kompleks ishlarni amalga oshirdik
- Tizimlarning yuqori sifatli va ishonchli ishlashini kafolatladik
- Loyiha bosqichlarining barchasida — montajdan tortib foydalanishga topshirishgacha — qo‘llab-quvvatladik
MOF-3 — bu O‘zbekiston sanoatining asosiy strategik loyihalaridan biri bo‘lib, kompaniyamiz uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga o‘z hissasini qo‘shganidan faxrlanadi.