Kompleks obyektni tekshirish

Kompleks obyektni tekshirish

Ishlarni o‘tkazishga tayyorgarlik, Dastlabki ko‘rik, Asbob-uskunalar yordamida o‘lchovlar,Ma’lumotlarni qayta ishlash

Kompleks obyektni tekshirish

Biz ishlarni boshlashdan oldin ob’ektning to‘liq tekshiruvini o‘tkazamiz. Bunday yondashuv texnik xususiyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, mumkin bo‘lgan xatarlarni oldindan baholash va ularni bartaraf etish uchun optimal yechimlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Tekshiruv jarayonida biz loyiha hujjatlarini tahlil qilamiz, muhandislik tizimlari va jihozlarini tekshiramiz, asbob-uskunalar yordamida o‘lchovlar o‘tkazamiz va batafsil hisobot tayyorlaymiz. Natijada obyektning aniq holati aks etgan to‘liq tasvir hosil bo‘ladi va uning asosida keyingi ishlar rejalashtiriladi.


OBYEKTNI KOMPLEKS TEKSHRISH BOSQICHLARI

Obyektni foydalanishga topshirish ishlari kechikishlarsiz va kutilmagan xarajatlarsiz o‘tishi uchun bizning mutaxassislarimiz barcha ishlarni qat’iy ravishda bosqichma-bosqich amalga oshiradi:

1. Ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish

Ushbu bosqichda kelgusi texnik audit uchun asos yaratiladi. Biz amaldagi standartlar va (texnik me’yorlar)ga muvofiqlikni aniqlash uchun loyiha hujjatlarini batafsil tahlil qilish ishlarini olib boramiz:

  • Muhandislik tarmoqlarining rejalari va sxemalarini o‘rganish.
  • Buyurtmachi bilan texnik topshiriqni hamda obyektda ishlarni olib borish grafigini kelishish.
  • O‘lchov asboblari va uskunalarini tayyorlash hamda tekshirish.

2.DASTLABKI KO'ZDAN KECHRISH

Beosita obyektning o‘zida o‘tkaziladigan vizual va birlamchi uskunalarning texnik auditi muhandislik tarmoqlarining umumiy holati haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi:

  • Elektr ta’minoti tizimini, isitish, ventilyatsiya va KIPiA tizimlarini dastlabki ko‘zdan kechirish.
  • Ko‘zga tashlanadigan nuqsonlarni, kabel liniyalarining shikastlanishini va mexanik eskirishni aniqlash.
  • Uskunalarning haqiqiy joylashuvi loyiha yechimlariga mos kelishini baholash.

3. Asbob-uskunalar orqali o‘lchash (Diagnostika)

Tizimlarning ishlashidagi haqiqiy jismoniy ko‘rsatkichlar yuqori texnologiyali asboblar yordamida qayd etiladigan eng muhim amaliy bosqich:

  • Tizim va uskunalarning haqiqiy yuklamalari va ish parametrlarini aniqlash uchun asbob-uskunalar orqali o‘lchash ishlarini o‘tkazish.
  • Termografik (teplovizion) tekshiruv — elektr kontaktlarining qizib ketishi va bino qobiqlaridagi yashirin issiqlik yo‘qotishlarini aniqlash.
  • Aylanuvchi tugunlarning eskirish darajasini va (bosim ostidagi idishlarning) devor qalinligini baholash uchun vibratsion diagnostika va ultratovushli o‘lchovlar o‘tkazish.
  • Boshqaruv konturlari va nazorat-o‘lchov asboblarining ishchanligini tekshirish.

4. Ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni tahlil qilish

Dala ishlari yakunlangach, muhandislarimiz batafsil tahliliy ishlarga kirishadilar:

  • O‘lchov natijalarini tahlil qilish va ularni loyiha hamda me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish.
  • Uskunalarning qolgan resursini, kabel tarmoqlari va avtomatika asboblarining holatini baholash.
  • Obyektni keyingi ekspluatatsiya qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni hisoblash.
  • Energetik samaradorlikni oshirish va (ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish) (15-30% gacha tejash) bo‘yicha individual tavsiyalar ishlab chiqish.

Yakuniy hujjat (Ish natijasi):

Barcha bosqichlar yakunlangach, buyurtmachiga quyidagilarni o‘z ichiga olgan rasmiy va batafsil texnik hisobot topshiriladi:

  1. Obyektning batafsil texnik pasporti — barcha muhandislik tizimlarining haqiqiy holati tavsifi bilan.
  2. Kamchiliklar va nuqsonlar dalolatnomasi — zudlik bilan ta’mirlanishi yoki almashtirilishi kerak bo‘lgan uzellar ro‘yxati.
  3. Obyektning sanoat xavfsizligi standartlariga muvofiqligi va puko-naladka ishlariga tayyorligi to‘g‘risidagi xulosa.